Surxondaryo viloyatining barcha davlat organlari, mahalliy hokimliklar va mahalla institutlarini yagona himoyalangan bulutli infratuzilmada birlashtiruvchi zamonaviy IT-platformalar markazi.
Yagona elektron hujjat aylanishi va ijro intizomi idoralararo tizimi. Davlat organlarida tezkor nazorat va qog‘ozsiz boshqaruv standarti.
Yuridik xizmatlarni raqamlashtirish va avtomatlashtirish platformasi. Buyruqlar va shartnomalarni elektron huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tizimi.
Mahalla institutlari uchun yagona axborot boshqaruv tizimi. “Mahalla yettiligi” faoliyatini raqamlashtirish va ijtimoiy tahlil platformasi.
Elektron raqamli imzo (ERI) bulutli infratuzilmasi hamda davlat organlari uchun himoyalangan videokonferensaloqa tizimi.
Surxondaryo viloyati, Termiz shahri. Davlat axborot tizimlarini joriy etish, kiberxavfsizlik va 24/7 texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hududiy IT-markaz.